Ronaldu Chempionlar ligasining hafta futbolchisi deb topildi

  • 8 dekabr, 2017, 16:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor joriy haftada Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. UEFA rasmiy saytining ma’lum qilishicha muxlislar 6-turning eng yaxshi futbolchisi deb “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduni tanlashgan.

Ta’kidlash lozimki, 32 yoshli portugaliyalik futbolchiga so‘rovnomada ishtirok etganlarning 41 foizi o‘z ovozini bergan. Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Dortmundning “Borussiya” (3:2) klubiga qarshi bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishgan edi.

Shuningdek, so‘rovnoma ishtirokchilari “Liverpul” yarim himoyachisi Filippe Koutinoga (38%) ham yuqori ovoz berishgan. Keyingi o‘rinlarda esa Korentin Tolisso (PSJ 8%), Bernard («Shaxtyor» 5%), Eden Azar («Chelsi» 3%), Pako Alkaser («Barselona»2%), Son Xin Min («Tottenxem» 1%) hamda Xuan Kuadrado («Yuventus» 1%) kabi futbolchilar joy olishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!