Rossiyalik Paralimpiyachilarga ham cheklov qo‘yildi
Xalqaro Paralimpiya Qo‘mitasi (XPQ) Rossiyalik paraatletlarning Janubiy Koreyadagi ishtirokiga cheklov qo‘ydi. Ilgari ushbu terma jamoa vakillarining hech qaysi sportchilariga Paralimpiada ishtirok etmaslik qarori chiqarilgan edi.
2018 yilgi Paralimpiada ishtirok etuvchi rus sportchilari XPQ tomonidan jiddiy tekshirib chiqiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, musobaqada taxminan 30-35 sportchining ishtirok etishi uchun ruxsat beriladi xolos. Rossiya Federatsiyaning ramzlariga Olimpiya o‘yinlarida qo‘yilgan cheklov Paralimpiadada ham kuchga kiradi. Eslatib o‘tamiz, Paralimpiya o‘yinlari 9-18 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar