"Rostov" - "Anji" 1:0 (video)

  • 27.10.2018 23:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Bundan biroz avvalroq Rossiya Premer-ligasi 22-turidan o‘rin olgan "Rostov" hamda "Anji" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi.

Yaxshi bilasiz, donliklar safida hamyurtimiz Eldor Shomurodov, maxachqaliklar tarkibida esa yana bir yurtdoshimiz Dostonbek Hamdamov to‘p suradi.

"Rostov-Arena"da kechgan bellashuvda mezbonlar 1:0 hisobidagi g‘alabani  qo‘lga kiritishdi. Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. Hamdamov esa 64-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Bugungi muvaffaqiyatdan so‘ng "Rostov" hisobidagi ochkolar soni 21 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Anji" esa 10 ochko bilan 15-pog‘onada bormoqda.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan golni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!