
Samarqandda O‘zbekistonning eng kuchli bokschilari aniqlanadi
10-17 dekabr kunlari Samarqand shahridagi OZTM sport majmuasida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan 200 nafardan ziyod charm qo‘lqop ustalari ishtirok etadilar. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
Bahslar 10 ta vazn toifasida, 10 ta medallar jamlanmasi uchun o‘tkaziladi.
Final bellashuvlari 17 dekabr kuni tashkil etiladi.
Fikrlar