Sanjar Quvvatov: Maqsadimiz bugun g‘alaba qozonish edi
Xabaringiz bor kecha Superliganing qoldirilgan 14-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Jumladan, shu kuni Qarshining “Nasaf” klubi o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qildi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.
O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan “ajdarlar” posboni Sanjar Quvvatov o‘zining uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz anchadan beri g‘alaba qozona olmayapmiz. Bugun barcha harakatimiz uchrashuvda g‘alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilish edi. Afsuski, bunday bo‘lmadi. O‘tgan o‘yinda ham hisobda oldinda borib, durang qayd etib qo‘ydik. Bugungi uchrashuvda ancha harakat qildik, g‘alaba qozonish uchun. Bilaman, muxlislarimiz bizdan g‘alaba kutishayapti. Biz keyingi o‘yinlarimizda albatta ularni xursand qilamiz.”, - deydi Quvvatov.

Fikrlar