Sanjar finalda o‘ynaydi
Andijonda tennis bo‘yicha o‘tkazilayotgan «Fyuchers» turnirining finalida eng kuchli ikki tennischi o‘zaro raqobatlashadigan bo‘ldi.
Yakkalik bahslarida birinchi raqamda saralangan hamyurtimiz Sanjar Fayziev yarim final uchrashuvida belaruslik Dmitriy Jirmont bilan kuch sinashdi.
Sanjar Fayziev o‘z izdoshlarini musobaqadan chiqarib yubormoqda
Sanjar bosh sovringa yaqinlashmoqda
Qariyb bir yarim soat davom etgan uchrashuvda 6:1, 7:6 hisobida zafar quchgan Sanjar finalga chiqdi.
Yana bir yarim finalda ikkinchi raqamda saralangan hindistonlik Sriram Balaji rossiyalik Vitaliy Kozyukovga qarshi kortga chiqdi. O‘yin 6:2, 6:4 hisobida hind tennischisi foydasiga hal bo‘ldi.

Fikrlar