Sanjarbek Rahmonov qanday g‘alaba qozondi?
Floyd Meyvezerga qarashli “Mayweather Promotions” promouterlik kompaniyasi tashkil etgan professional boks kechasida ushbu tashkilot bilan hamkorlik qilayotgan hamyurtimiz Sanjarbek Rahmonov sakkizinchi jangida AQSh sharafini himoya qilayotgan meksikalik Xose Marrufoga (10-5-2) qarshi ringga chiqqan edi.
Professional ringda mag‘lubiyatsiz ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik bokschi sakkiz raundlik jangda 25 yoshli Xose Marrufoni ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
SPORTS.uz axborot portali Sanjarbek Rahmonovning Xose Marrufoga qarshi jangi suratlarini e’tiboringizga havola qiladi.








Fikrlar