Sarri "Bornmut" hujumchisini "Chelsi"da ko‘rmoqchi
Londonning “Chelsi” klubi “Yuventus” forvardi Gonsalo Iguainni o‘z safiga qo‘shib olish borasida ishlarni boshlab yuborgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” shuningdek “Bornmut” hujumchisi Kallum Uilsonga ham jiddiy qiziqib qolishgan. Aniqrog‘i, londonliklar ustozi Mauritsio Sarri ushbu futbolchini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Ushbu transfer “Chelsi”ga taxminan 55 mln evroga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Uilson “Bornmut” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum APLda jami 20ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar