
Sautgeyt Runini terma jamoaga chaqirdi, u 15 noyabr kuni xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazadi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt yaqinlashib kelayotgan AQSh va Xorvatiyaga qarshi bahslar uchun tarkibni e’lon qildi.
E’tiborlisi, AQShning "Di Si Yunayted" klubida faoliyat olib borayotgan Ueyn Runi ham ikki yillik tanaffusdan yana terma jamoaga chaqirildi. Ta’kidlash kerakki, AQShga qarshi bahs 33 yoshli futbolchi uchun terma jamoadagi xayrlashuv uchrashuv bo‘ladi.
Darvozabonlar: Markus Bettinelli, Aleks Makkarti, Jek Batlend, Jordan Pikford;
Himoyachilar: Trent Aleksandr-Arnold, Jo Gomes, Ben Chiluell, Maykl Kin, Lyuk Shou, Jon Stounz, Lyuis Dank, Kiran Tripper, Kayl Uoker;
Yarim himoyachilar: Ross Barkli, Xarri Uinks, Erik Dayer, Jordan Xenderson, Dele Alli, Jessi Lingard, Ruben Loftus-Chik, Jeydon Sancho, Raxim Sterling;
Hujumchilar: Xarri Keyn, Markus Reshford, Denni Uelbek, Kallum Uilson, Ueyn Runi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya dastlab 15 noyabr kuni AQShga, keyin esa 18 noyabr kuni Xorvatiyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar