Shaxram G‘iyosov, Murodjon Ahmadaliev va Isroil Madrimovning 25 noyabr kungi janglari jonli efirda namoyish etiladi

  • 23 noyabr, 2018, 10:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Ayni damda professional boksda faoliyat olib borayotgan uch nafar bokschimiz – Shaxram G‘iyosov, Murodjon Ahmadaliev hamda Isroil Madrimov 25 noyabr kuni AQShning Nyu-Jersi shtatidagi Atlantik-Siti shahrida o‘zlarining navbatdagi janglarini o‘tkazishadi.

E’tiborlisi, ushbu janglar 25 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00dan boshlab “Sport” telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatiladi.

Hamyurtlarimiz shu kuni quyidagi bokschlarga qarshi ringa ko‘tarilishadi:

Murodjon Ahmadaliev (O‘zbekiston) – Isaak Zarate (AQSh)

Shaxram G‘iyosov (O‘zbekiston) – Migel Zamudio (Meksika)

Isroil Madrimov (O‘zbekiston) – Vladimir Ernandez (Meksika)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!