Shunqor Abdurasulov raqibini nokautga uchratdi

BEPUL PROPAN

“Uzbek Tigers” jamoasi Butunjahon boks seriyalari VIII mavsumidagi ishtirokini davom ettirmoqda.

“A” guruhining 3-turida jamoamiz Amerika mintaqasi vakili “Colombia Heroicos” bokschilari bilan kuch sinashmoqda.

“Universal” sport saroyida o‘tayotgan boks kechasining ikkinchi jangida 60 kg vazn toifasidagi bokschilar  Shunqor Abdurasulov - Duvan Zuleta ringga ko‘tarildilar.

Mazkur jangning 4-raundida Abdurasulov raqibiga zarbalar berishi natijasida kolumbiyalik bokschi jarohat oldi va hakamlar jangni to‘xtatishga qaror qilishdi.

60 kg: Shunqor Abdurasulov - Duvan Zuleta ABD R4 2:31

“Uzbek Tigers” vs "Colombia Heroicos" – 1 : 1

Bizdan uzoqlashmang, oldinda yana uchtata jang bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!