Shunqor professional ringdagi ilk jangida Pakyaoning hamyurtini mag‘lub etdi

  • 25.03.2017 18:54
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

 

Havaskor bokschilar o‘rtasidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashgan yosh bogkschimiz Shunqor Abdurasulov professional ringda dastlabki uchrashuvini o‘tkazdi.

Singapurdagi professional boks kechasida qatnashgan hamyurtimiz ilk jangini filippinlik Jilbert Erusalemga qarshi o‘tkazdi.

Olti raundli reyting jangi hamyurtimiz ustunligida o‘tdi. Uchrashuvda zarbalar hisob-kitobi bidan shug‘ullangan uch nafar hakam 59:55, 60:54, 59:55 hisobida Shunqor Abdurasulov g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Hamyurtimizning keyingi faoliyatida omab va g‘alaba tilaymiz!

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!