
“So‘g‘diyona” – “Bunyodkor”. Videoprevyu
6 avgust, yakshanba kuni Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi oliy liga 16-turi doirasidagi uchrashuvini Jizzaxda “So‘g‘diyona”ga qarshi o‘tkazadi.
Ushbu uchrashuv jamoalarning o‘zaro hisobdagi o‘n oltinchi to‘qnashuvi sifatida tarixda qoladi. Bungacha o‘tkazilgan o‘n besh o‘yinning 14tasida “qaldirg‘ochlar”ning qo‘llari baland kelgan. Bitta uchrashuvda esa jizzaxliklar g‘olib chiqishgan. To‘plar farqi – 38:3(!).
O‘zaro o‘yinlar to‘purarlari haqida gap ketganda Server Jeparov, Rivaldo va Oleksandr Pishurni eslab o‘tish darkor. Bu ikki futbolchi jizzaxliklar darvozasiga to‘rttadan gol yo‘llashgan. E’tiborlisi, Rivaldoning to‘rt goli bir o‘yinga to‘g‘ri keladi.
Yana ham ahamiyatlisi braziliyalik futbol afsungari o‘z “POKER”ini 17 daqiqa ichida nishonlagan. O‘zaro o‘yinlardagi “So‘g‘diyona”ning gollariga Arturos Fomenko va Jasur Hakimov (2ta) mualliflik qilishgan.
Fikrlar