O‘zbekiston terma jamoasi qur’a tashlash marosimida uchinchi savatchadan joy oladi

  • 9 yanvar, 2017, 20:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida joriy yilning mart oyida o‘tkaziladigan Sohil futboli bo‘yicha Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Qur’a natijalariga ko‘ra 14 mamlakat milliy terma jamoalari uch guruhga bo‘lingan holda kurashga kirishadi. Guruh g‘oliblari hamda guruh bosqichi doirasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan yana bir terma jamoa yarim final bahslariga yo‘l oladi.

E’tiborlisi, O‘zbekiston terma jamoasi ham Malayziya sohillarida o‘tkaziladigan chempionatda ishtirok etadi. Terma jamoamiz qur’a tashlash marosimida uchinchi savatchadan joy olgan.

1 - savatcha: Ummon, Yaponiya, Eron,
2 - savatcha: Livan, BAA, Bahrayn,
3 - savatcha: O‘zbekiston, Xitoy, Iroq
4 - savatcha: Tailand, Qatar
5 - savatcha: Afg‘oniston, Malayziya, Myanma

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!