Suatgeyt Angliya terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytiradi

  • 4 oktabr, 2018, 16:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya futbol assotsiatsiyasi yaqin vaqt ichida milliy terma jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeyt bilan shartnomani uzaytiradi, deya xabar bermoqda Sky Sports nashri.

Tecno

Manbada yozilishicha, yangi kelishuv 2022 yilgacha tuziladi va murabbiyning maoshi 50%ga ko‘tariladi. Hozirda Sautgeytning maoshi 1,8 million funtni tashkil qiladi.

Ushbu mutaxassis Angliya terma jamoasini 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa JCh-2018 turniri yarim finaliga qadar etib bordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!