Taekvondochilarimiz Tunisga jo‘nab ketdi
Avval, taekvondo (WTF) bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Tunisning Xammamet shahrida o‘tkaziladigan Jahon chempionati va Argentinada o‘tkaziladigan III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga saralash musobaqasida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.
Bugun, erta tongda sportchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Tunisga jo‘nab ketdi.
6-13 aprelga qadar o‘tkaziladigan ushbu musobaqalarda sportchilarimiz quyidagi tarkibda qatnashadilar.
III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga saralash musobaqasida -48 kg Rashidov Ulug‘bek, -63 kg Jaysunov Jasur, -73 kg Xamidullaev Abdulaziz, -49 kg Mannopova Madinabonu, -55 kg Sobirjonova Ozoda, -63 kg Sadikova Feruza ishtirok etadi.
Saralash musobaqasida kuchli sakkiztalikka kirgan sportchilar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oladi.
Shundan so‘ng, -45 kg Turaev Amir, -48 kg Ibragimov Begzod, -51 kg Rashidov Ulug‘bek, -55 kg Juraev Shaxzod, -59 kg Marozov Danil, -63 kg Jaysunov Jasur, -68 kg Tuhliboev Diyor, -73 kg Xamidullaev Abdulaziz, -44 kg Abdulalimova Intizor, -46 kg Mannopova Madinabonu, -49 kg Shamsieva Aziza, -52 kg Sobirjonova Ozoda, -55 kg Abdulxaeva Durdona va -63 kg Sadikova Feruza jahon chempionati bahslarida ishtirok etadi.
Musobaqalarda umidli sportchilarimizga Sobir Nazaraliev va Jasur Boyqo‘ziev murabbiylik qiladi.

Fikrlar