Tennischi qizlar Karolin Voznyatskini tabrikladi
Avval xabar berganimizdek, daniyalik tennischi Karolin Voznyatski amerikali basketbolchi Devid Liga turmushga chiqishga rozilik bergan edi.
Shu munosabat bilan Karolinni polshalik tennischi Agneshka Radvanska o‘zining Twitterdagi shahsi sahifasi orqali tabrikladi.
"Ura tabriklayman! Men sen uchun xursandman. Karolin baxtli bo‘l", deb yozadi Agneshka.
Shuningdek, Karolin Voznyatskini ijtimoyi tarmoqlarda belgiyalik Yanina Vikmayer, kanadaliy Aleksandra Voznyak va frantsiyalik Mari Pirs tabrikladi

Fikrlar