
Tennischi qizlarimiz reytingda yuqorilab borishmoqda
Ayollar tennis uyushmasi – WTA ning yangi reytingi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra chexiyalik Karolina Plishkova 6855 ochko bilan reytingni boshqarib bormoqda. Ruminiyalik Simona Xalep esa 2-o‘rinda qoldi. Germaniyalik tennis ustasi Anjelika Kerber esa kuchli uchlikni yakunladi.
“Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirida g‘olib chiqqan Garbine Mugurusa esa reytingda 10 pog‘ona yuqorilab, 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sabina Sharipova 4 pog‘ona yuqorilab 145-o‘rindan joy oldi. Umuman bu safargi reytingda faqatgina Oqgul Omonmurodova quyiga “sho‘ng‘idi””.
WTA reytingi. 17 iyul
1 (3). Karolina Plishkova (Chexiya) – 6855 ochko
2 (2). Simona Xalep (Ruminiya) – 6670
3 (1). Anjelik Kerber (Germaniya) – 5975
4 (7). Yoxanna Konta (Buyuk Britaniya) – 5110
5 (15). Garbine Mugurusa (Ispaniya) – 4990
6 (5). Elina Svitolina (Ukraina) – 4935
7 (6). Karolin Voznyatski (Daniya) – 4780
8 (8). Svetlana Kuznetsova (Rossiya) – 4500
9 (11). Vinus Uilyams (AQSh) – 4461
10 (10). Agneshka Radvanska (Daniya) – 3985
…
145 (149). Sabina Sharipova (O‘zbekiston) – 375
208 (219). Nigina Abduraimova (O‘zbekiston) – 263
373 (373). Oqgul Omonmurodova (O‘zbekiston) – 73
690 (711). Arina Folts (O‘zbekiston) – 27
719 (740). Albina Xabibulina (O‘zbekiston) – 24
841 (863). Kamola Umarova (O‘zbekiston) – 15
1005 (1020). Polina Merenkova (O‘zbekiston) – 9
1205 (1223). Laylo Bahodirova (O‘zbekiston) – 3
1212 (1231). Yasmina Karimjonova (O‘zbekiston) – 3.
Fikrlar