
Tokio olimpiyadasiga yo‘llanma beradigan Osiyo chempionati qaerda o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Unga ko‘ra, Tokio-2020 olimpiya o‘yinlariga saralash bosqichi vazifasini o‘tovchi turnir Tailandda bo‘lib o‘tadi. Mezbonlik qilish uchun Avstraliya, Malayziya va Vetnam mamlkatlari ham da’vogarlik qilishgan edi.
2020 yilning 8-26 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan turnirda dastlabki uch o‘rinni egallagan jamoalar Yaponiyada o‘tadigan olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini beradi.
Yaponiya esa mezbon mamlakatlig tufayli Tailandda o‘tadigan U23 Osiyo chempionatida ishtirok etmaydi.
Yodingizda bo‘lsa, shu yil qishda Xitoyda bo‘lib o‘tgan U23 Osiyo chempionatida Rashvan Haydarov boshqaruvidagi termamiz g‘olib chiqqan edi.
Fikrlar