Toshkentda o‘tkazilgan professional boks kechasi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston professional boks federatsiyasi Toshkent shahridagi "Oqtepa" klubida mamlakatimizning eng tajribali professonal bokschilari ishtirokida musobaqa tashkil qildi.
Professional boks janglarida ko‘pchilikning e’tibori mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Jamshidbek Najmiddinovning jangiga qaratildi. Jamshidbek Olti raundlik reyting jangida Ziyaiddin Mamarizaevni mag‘lub etib, o‘ninchi g‘alabasini nishonaldi.
Yana bir engilmas bokschimiz Dostonbek Turdiev tajribali Hasan Umarovni birinchi raundda texnik nokautga uchratdi. Dostonbek ketma-ket beshta jangda raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etdi.

Kuchli bokschilarimizdan Feruzbek Yo‘ldoshev Muhriddin Jalolovni, Olim Nazarov Fahriddin Ziyovuddinovni, Azamat Ergashev Nozim To‘raboevni texnik nokaut bilan engdi.
Shuningdek, Husniddin Po‘latov ketma-ket to‘rtinchi jangini g‘alaba bilan yakunladi. Bu gal Husniddin kuchli raqib - Abdulaziz Matazimovni ochkolar hisobida engdi.
Musobaqaning kutilmagan natijasi debyutant bokschi Dilmurod Bozorboev va professional ringda 15 tajang o‘tkazgan Xurshid Madaminov jangida qayd etildi. Unda Dilmurod katta tajribaga ega bo‘lgan raqibini mag‘lub etdi.
Bundan tashqari, Sherali Mamajonov Mamasoli Kimsanboevdan, Otabek Ibrohimov debyutant Sherali Azimovdan ustun keldi.

Fikrlar