
U-23 Osiyo chempionati saralashiga qur’a tashlandi (FOTO)
Hozirgina Malayziya poytaxti Kuala Lumpur shahrida U-23 terma jamoalar o‘rtasidagi navbatdagi Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu saralashlarda jami 44ta terma jamoa ishtirok etadi. Saralash bahslariga jami 12ta terma jamoa mezbonlik qiladi. E’tiborlisi, ular qatoridi O‘zbekiston ham bor.
Unga ko‘ra musobaqaning amaldagi chempioni hisoblangan O‘zbekiston terma jamoasi “F” guruhidan joy oldi. Bizga saralash bosqichida Tojikiston, Hindiston va Pokiston termalari raqiblik qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, bu safarga U-23 Osiyo chempionatiga 2020 yil Tailand mezbonlik qiladi. Unda kuchli uchlikka kirgan terma jamoalar o‘sha yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishadi.
Fikrlar