
UEFA Samir Nasrining diskvalifikatsiya muddatini uzaytirdi
UEFA Frantsiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Samir Nasrining diskvalifikatsiya muddatini uzaytirdi.
Tashkilot rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli futbolchi uchun dastlab belgilangan 6 oylik muddat 18 oygacha uzaytirilgan. UEFA ushbu qarorga Jahon antidoping agentligi hamda Frantsiya antidoping agentligi bergan hulosalardan so‘ng kelgan.
Nasrining jazo muddati 2017 yilning 1 iyulidan boshlab hisoblanadi va u 2018 yilning 1 noyabridan boshlab maydonga qaytishi mumkin.
Fikrlar