Useyn Bolt Avstraliya klubini bir haftaga tark etdi

  • 9 sentabr, 2018, 14:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Engil atletika bo‘yicha sakkiz karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Useyn Bolt Avstraliyaning “Sentral Kost Mariners” jamoadagi mashg‘ulotlarini to‘xtatdi. 32 yoshli yamaykalik sportchi yozda ushbu klub tarkibida futbolchilik faoliyatini boshlagan edi, biroq endi u tanaffus qilmoqchi.

Tecno

Bolt 9-16 sentyabr kunlaridagi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuboradi, – deyiladi klub arizasida. – U bir qator majburiyatlarini bajarishi uchun ketishi kerak. Klub bilan bu boradagi kelishuv avvalroq tasdiqlangan.

Boltning ketish sabablari oshkor qilinmayotir, biroq Avstraliya OAVning tarqatgan xabariga ko‘ra, u Frantsiyadagi rasmiy tadbirda ishtirok etishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!