Valverde: "Leganes"ga qarshi o‘yinda nimalar bo‘lganini tushuntirishim qiyin

  • 27 sentabr, 2018, 12:03
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde kecha La Liganing 6-turida "Leganes"dan (1:2) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bu juda og‘ir va kutilmagan holat. Lekin, shanba oqshomidagi o‘yin judayam muhim.

Bu futbol va ba’zan shunaqasi ham uchraydi. Butun uchrashuv davomida ustunlikka erishib, 2ta gol o‘tkazib yuborgan holda mag‘lub bo‘lgan bugungi o‘yinimizda nimalar bo‘lganini tushuntirib berishim juda qiyin. Ushbu bahsdagi mag‘lubiyat uchun o‘zimni xuddi futbolchilar kabi javobgar his qilyapman. Chunki, natija uchun barchamiz javob beramiz”, - deydi Valverde.

Ma’lumot uchun, hisobida 13 ochko mavjud bo‘lgan “Barselona” ayni damda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!