
Vilya Ispaniya termasiga qaytdi
“Valensiya” xamda “Barselona” klublarining sobiq hujumchisi David Vilya Ispaniya terma jamoasiga qaytdi. “Qizil furiya” ustozi Xulen Lopetegi 35 yoshli forvardni JCh-2018 saralashidan o‘rin olgan Italiya(2 sentyabr) va Lixtenshteyn(5 sentyabr) termalariga qarshi kechadigan bahslar uchun termaga chaqirildi.
Ma’lumot uchun, Vilya terma jamoa safida 97 bahsda ishtirok etib, 59 ta gol kiritishga erishgan va 2014 yildan buyon terma jamoaga chaqirilmay kelinayotgan edi.
Ispaniya termasining Italiya va Lixtenshteynga qarshi bahslar uchun chaqirilgan futbolchilari ro‘yxati
Darvozabonlar: David de Xea («Manchester Yunayted»), Pepe Reyna («Napoli»), Kepa Revuelta («Atletik»);
Himoyachilar: Sesar Aspilikueta («Chelsi»), Daniiel Karvaxal («Real»), Nacho («Real»), Xerard Pike («Barselona»), Serxio Ramos («Real»), Mark Bartra («Borussiya» D), Nacho Monreal («Arsenal»), Xordi Alba («Barselona»);
Yarim himoyachilar: Saul Niges («Atletiko»), Serxio Buskets («Barselona»), Koke («Atletiko»), Andres Inesta («Barselona»), Tyago Alkantara («Bavariya»), Isko («Real»), Marko Asensio («Real»), Suso («Milan»);
Hujumchilar: Pedro Rodriges («Chelsi»), Vitolo («Las-Palmas»), David Silva («Manchester Siti»), Alvaro Morata («Chelsi»), Xerard Deulofeu («Barselona»), Yago Aspas («Selta»), David Vilya («Nyu-York Siti»).
Fikrlar