
Xitoy klubi Vitselni MYuga sotmoqchi
Xitoyning "Tyantszin Tsyuantszyan" klubi o‘zining belgiyalik yarim himoyachisi Aksel Vitselning xizmatlarini "Manchester Yunayted"ga taklif qilmoqda.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra xitoyliklar 26 yoshli futbolchisini aynan MYuga sotishni ko‘proq foydali deb bilishmoqda. Aytish lozimki, Vitselga shuningdek Dortmundning “Borussiya” klubiga ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq, Xitoy klubi uni aynan “qizil iblislar”ga sotish ko‘proq foydali deb hisoblashmoqda.
Ma’lumot uchun, "Tyantszin Tsyuantszyan" Vitselni 2017 yil Sankt-Peterburgning “Zenit” klubidan sotib olgan edi.
Fikrlar