Xorn: Pakyaoni dahshatli nokaut kutmoqda
Butun dunyodagi boks mutaxassislari va muxlislari bu jangda filippinlik boks ustasining g‘alaba qozonishini ta’kidlamoqda. Biroq, avstraliyalik pancher bo‘lajak jangda o‘z imkoniyatlariga qattiq ishonmoqda.
Professional boks yulduzi Menni Pakyao (59-6-2, 38KO) shu yilning 23 aprel kuni Avstraliyada tashkil etilishi rejalashtirilayotgan chempionlik jangida WBO chempionlik kamarini 28 yoshli avstraliyalik Jeff Xorndan (16-0-1, 11KO) himoya qiladi.
- Men Pakyaoni qulatadigan darajada kuchli zarbaga ega bokschiman, - dedi Jeff Xorn. - Menni faoliyati davomida bir necha marotaba nokdaun va nokautga uchragan. Men esa juda baquvvat nokautchiman. Chempionlik unvonini Avstraliyaga qaytarish uchun imkoniyatlarim etarli.

Ko‘plab bokschilar Jeff Xornning o‘ziga ishonch bilan aytgan gaplarini jiddiy qabul qilgani yo‘q.

Fikrlar