Xorvatiya terma jamoasi a’zosi La Liga klubiga ko‘chib o‘tdi
Belgiyaning "Standard" klubi va Xorvatiya terma jamoasi forvardi Due Chop faoliyatini "Valyadolid"da davom ettiradigan bo‘ldi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra La Liga klubi 28 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olgan.
Ma’lumot uchun, Chop "Standard" safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 21ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Chop faoliyati davomida "Xayduk", "Nasonal", "Split", "Dinamo" (Zagreb), "Kalyari", "Malaga" va "Sporting" klublarida to‘p surgan. Xorvatiya terma jamoasi safida esa 13ta o‘yinda ishtirok etib, 2ta golga mualliflik qilgan.

Fikrlar