
Xosiyat Hasanboeva xalqaro turnir sovrindoriga aylandi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi xalqaro xotira turniri davom etmoqda.
Cadet international tournament U 18 musobaqasida hamyurtimiz Xosiyat Hasanboeva terma jamoamizga ilk medalni taqdim etdi. -44 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan dzyudochimiz bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Undan keyin esa Kamoliddin Baxtiyorov Boku turniri chempioniga aylandi. -60 kg vaznda o‘z mahoratini namoyish etgan Kamoliddin barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, shoxsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Fikrlar