Yosh shaxmatchimizga grossmeysterlar tan berdi
Malayziyada shaxmat bo‘yicha "8th Penang Heritage City International Chess Open - 2016" xalqaro turniri o‘zbekistonlik Temur Qo‘yboqarov g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ushbu musobaqada o‘n bir mamlakatdan yuz nafarga yaqin shaxmat ustasi g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Turnirda yurtimiz sharafini grossmeyster Tohir Vohidov, Temur Qo‘yboqarov, Nabijon Norboev, Baxtiyor Jumaev va Daler Vohidov himoya qildi.
Turnir davomida hamyurtimiz Temur Qo‘yboqarov mag‘lubiyatsiz o‘ynab, to‘qqiz imkoniyatdan sakkiz ochko jamg‘ardi va musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Temur keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan so‘nggi partiyada filippinlik grossmeyster Buenaventura Villamayorni taslim qildi.
Qolgan shaxmatchilarimizdan grossmeyster Tohir Vohidov olti, Daler Vohidov besh yarim, Nabijon Norboev besh, Baxtiyor Jumaev to‘rt yarim ochko jamg‘ardi.

Fikrlar