Yuliya Putintseva kuchli ekan
Qozog‘istonlik Yuliya Putintseva "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" musobaqasining uchinchi davrasiga yo‘l oldi.
Yuliya Frantsiya ochiq chempionatining ikkinchi davrasida amerikalik Jennifer Brediga qarshi kortga chiqdi va 6:4, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Putintseva Parij shahrida o‘tayotgan nufuzli turnirning uchinchi davrasida xorvatiyalik Petra Martich, yoki xitoylik Tszyan Vanga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar