
Yurgen Klopp "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp kecha APLning 17-turida "Manchester Yunayted" (3:1) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Jamoaning ko‘rsatgan o‘yinidan to‘liq qoniqdim. Yigitlarim juda yaxshi harakat qilishdi. Biz juda kuchli raqibga qarshi o‘ynadik. Biz “Manchester Yunayted”ga vaziyat yaratish uchun deyarli imkon bermadik. Bugun biz chempionlik haqida o‘ylamadik, shunchaki g‘alaba qozonishni xohladik. Bizda juda kuchli jamoa bor va buni isbotlash uchun har bir o‘yinda g‘alaba qozonishimiz shart”, - deydi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” kechagi g‘alabadan so‘ng yana musobaqa jadvalida peshqadamlikni qo‘lga olgan bo‘lsa, MYu oltinchi pog‘onaga tushib ketdi.
Fikrlar