
A Seriya. ”Milan” autsayderga yutqazib qo‘ydi
Dastlab o‘yinning 45+1-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Rafael Leao hisobni ochdi. So‘ng 64-daqiqada Kevin Agudelo muvozanatni tikladi. O‘yinga nuqtani esa spetsiyaliklar futbolchisi Emmanuel Gyasi qo‘ydi. U 90+6-daqiqada raqib himoyachilarining xatosidan unumli foydalanib, jamoasi uchun 3 ochko olib berdi.
- A Seriya 22-turidan o‘rin olgan ”Milan” - ”Spetsiya” uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar so‘nggi lahzalarda urilgan gol evaziga g‘alabani ilib ketdi.
Ayni paytda ”Milan” 48 ochko to‘plab, turnir jadvalining 2-pog‘onasidan joy egallagan.
”Spetsiya” esa 22 ochko bilan jadvalning 14-o‘rinida joylashgan.
Fikrlar