A seriya. Bir kishi kam o‘ynagan "Milan" safarda g‘alaba qozondi

  • 11 sentabr, 2022, 01:43
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A seriyasi 6-turidan o‘rin olgan "Sampdoriya" - "Milan" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo‘lgan bellashuvda "rossonerilar" safardan 3 ochko bilan qaytadigan bo‘lid - 2:1. 

Tecno

O‘yindagi hisob aynan milanliklar tomonidan ochildi. Uchrashuvning 6-daqiqasida Messias Junior gol urib, jamoasining dastlabki goliga mualliflik qildi. Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida esa Filip Jurichich tablodagi hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Ammo oradan 10 daqiqa o‘tib, Jiru penaltidan gol urdi va bu Pioli shogirdlariga 3 ochko taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, ikkinchi bo‘limning boshida Rafael Leau ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!