
A seriya debyutanti transfer bozorini “portlatmoqchi”
“Atletiko” sobiq hujumchi Luis Suares yangi mavsum faoliyatini Italiya A seriyasida davom ettirishi mumkin. Urugvaylik futbolchi debyutant “Montsa”dan rasmiy taklif oldi, deb xabar berdi “Sportitalia” nashri.
Klub direktori Andriano Gallianining shaxsan o‘zi 35 yoshli forvard bilan muzokara olib borgan. Suaresga 5 million evro maosh bilan bir mavsumlik shartnoma taklif qilingan.
Luis Suares hozirda erkin agent hisoblanadi. Futbolchi yakuniga etgan mavsum “Atletiko”ning barcha musobaqalar doirasidagi 45 o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 13 ta gol va 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Iyun oyi oxirida “River Pleyt” urugvaylik futbolchiga bir mavsum uchun 3 million evrolik maosh bilan shartnoma taklif qilgani xabar qilingandi. Biroq Suares Argentina klubi taklifiga rad javobini berdi.
Fikrlar