
A Seriya grandi Pulishich masalasida "Chelsi"ga taklif yubordi
"Milan" rahbariyati tarkibni "Chelsi" futbolchisi bilan kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganishda davom etmoqda.
The Athletic nashri xabariga ko‘ra, "rossonerilar" amerikalik hujumkor yarim himoyachi Kristian Pulishichni qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘rishmoqchi. Xabar qilinishicha, “Milan” 24 yoshli futbolchi uchun 14 million evro taklif qilgan. Biroq londonliklar Kristianni arzimagan pulga sotishdan manfaatdor emas va shu sababli boshqa jamoalardan yaxshiroq taklif kutishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi mavsumda Pulishich "Chelsi" tarkibida jami 30ta o‘yin o‘tkazib, bitta golga ikkita golli uzatmaga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali 24 yoshli hujumchining narxini 35 million evroga baholamoqda.
Fikrlar