
A Seriya. "Inter" safarda ochko yo‘qotdi
Italiya A Seriyasi 3-turidan o‘rin olgan "Sampdoriya" - "Inter" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda tomonlar 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Federiko Dimarko 18-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Yoshida oradan ko‘p o‘tmay muvozanatni tikladi. Jamoasini oldinga olib chiqqan Lautaro Martinesning goliga mezbonlar safida Tommazo Augello javob qaytardi.
Ushbu durangdan so‘ng milanliklar ochkolari sonini 7 taga etkazib olgan holda, 2-o‘ringa ko‘tarildi. 13-pog‘onadagi "Samrdoriya" 2 ochko jamg‘argan.
Fikrlar