A Seriya. "Milan" o‘z maydonida ochko yo‘qotdi

  • 08.04.2023 01:56
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Milan" A Seriyaning 29-turida "Empoli"ni o‘z maydonida qabul qildi. O‘yinda durang natija qayd etilib, ikkala jamoa bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Mezbonlar hisobida bir qancha imkoniyatlar bo‘lishiga qaramay o‘yinda gol urilmadi. Match tugab borayotgan bir vaqtda Olive Jiru hisobni ochgan edi, lekin mazkur golni VAR bekor qildi. 

"Milan" ushbu o‘yindan keyin turnir jadvalida 3-o‘rinda qoldi. "Empoli" esa 14-pog‘onani band qilib turibdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!