
A Seriya. "Milan" o‘z maydonida ortiqcha qiyinchiliksiz g‘alaba qozondi
Italiya A Seriyasi 3-turidan o‘rin olgan "Milan" - "Bolonya" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda "rossonerilar" 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 21-daqiqada Rafael Leao hisobni ochdi. 58-daqiqada Olive Jiru oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
Shu tariqa, Pioli shogirdlari A Seriya turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi.
Fikrlar