
A Seriya qachondan davom ettirilishi ma’lum bo‘ldi
Italiya "A" Ceriyasi klublari chempionatni 13 iyun sanasidan chempionatni davom ettirishga ovoz berishdi. Ushbu sana Italiya hukumatining qarorlari va futbolchilarni himoya qilish to‘g‘risidagi tibbiy bayonnomalarga muvofiq belgilanadi.
4 maydan boshlab Italiyada individual mashg‘ulotlarga ruxsat berilgan, 18 maydan esa jamoaviy mashg‘ulotlarga qo‘yilgan ta’qiqlar ham olib tashlanadi. Ta’kidlash joizki, Italiyada Bundesligadan farqli o‘laroq, futbolchilarning birortasida infektsiya aniqlangan taqdirda ham musobaqani to‘xtatishni o‘z ichiga oladigan qat’iy tibbiy protokol mavjud.
"Italiya klublari nemis protokolini asos qilib olishni taklif qilishdi, ammo ilmiy qo‘mita buni etarli darajada xavfsiz deb hisoblamadi", - deb yozdi "A" seriyasi sayti.
Fikrlar