A Seriya tarixidagi eng qo‘pol o‘yinchilar aniqlandi
Sariq kartochkalar futbolning ajralmas qismi. Chunki qo‘pol o‘ynaydigan o‘yinchilar doim bo‘lgan. Qolaversa, hakamlar ogohlantirish orqali o‘yin tizginini o‘z qo‘lida ushlab turishga harakat qiladi.
Statistika mutaxassislar A Seriya tarixida eng ko‘p ogohlantirish olgan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.
Eng ko‘p sariq kartochka olgan o‘n futbolchi bilan tanishing:
- Jampero Pintsi – 147 ta sariq kartochka
- Daniele Konti – 146
- Daniele De Rossi – 124
- Massimo Ambrozini – 115
- Alessandro Lukarelli – 112
- Luka Sigarini – 111
- Franchesko Totti – 109
- Paolo Kannavaro – 106
- Felipe – 106
- Luiji Di Byadjo – 104



Fikrlar