A Seriyada mavsum boshqacha yakunlanishi mumkin

  • 16.05.2020 12:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Gabriele Gravina A Seriyada mavsumni qanday davom ettirish rejasi ko‘rib chiqilayotgani haqida gapirdi.

“Bayonnoma bo‘yicha biror bir klubda koronavirus qayd etilsa, shu jamoa to‘liq karantinga olinadi. Yana bir bor mavsumni tiklashga to‘sqinlik qiladigan keskinliklarning oldini olish uchun biz ushbu masalaga jiddiy va ehtiyotkorlik bilan yondashamiz.

Biz chempionatni pley-off ko‘rinishida yakunlash rejamiz borligini yashirmaymiz. Biz barcha variantlarga tayyor bo‘lishimiz kerak”, - deydi Gravina.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!