A Seriyada "Napoli"ni yutadigan jamoa topilmayapti

Italiya A Seriyasi 12-turidan o‘rin olgan bahsda "Napoli" "Verona" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 

Shu tariqa, neapolliklarning mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi 21taga etdi. Oxirgi marta "adzurrilar"  7 aprel kuni safarda "Yuventus"ga mag‘lub bo‘lgandi. 

Luchano Spaletti shogirdlari 12-turdan so‘ng 10ta g‘alaba va 2 durang qayd etgan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Napoli"ni oldinda "Inter"ga qarshi o‘yin kutmoqda. Bahs 21 noyabr kuni Milanda bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!