A Seriyaning 2 klubi 19 yoshli ukrainalik futbolchiga qiziqib qoldi

  • 16.03.2020 22:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Roma" va "Atalanta" klublari "Shaxtyor" yarim himoyachisi Mixail Mudrikning xizmatlariga jiddiy qiziqib qolishdi.

Corriere dello Sport nashrining ma’lum qilishicha 19 yoshli ukrainalik futbolchini shaxsan rimliklar bosh murabbiyi Paulo Fonseka o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Boisi, u “Roma”ga kelishdan oldin “Shaxtyor”da ishlagan va futbolchining imkoniyatlarini yaxshi biladi.

“Atalanta” esa unga UEFA Yoshlar ligasida ko‘rsatgan o‘yinlaridan so‘ng qiziqib qolgan.

Mudrik “Shaxtyor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 1 ta o‘yinda maydonga tushgan xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!