
Abbosbek Fayzullaevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi!
Shu kunlarda Qatarda 23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Osiyo kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Vakillarimiz hozircha musoba guruh bosqich doirasidagi birinchi o‘yinni o‘tkazdi.
Musobaqa starti uchun berilgan yakuniy qaydnomaga Abbosbek Fayzullaev, Umarali Rahmonaliev, Hojimat Erkinov, Abduqodir Husanov hamda Ibrohimhalil Yo‘ldoshev kabi xorijda to‘p tepayotgan legionerlairimiz kiritildi.
Qozonning "Rubin" klubida harakat qilayotgan Umarali Rahmonaliev Toshkentdagi yig‘indan boshlab, termamiz tarkibida. Qozog‘istonning "Qayrat" klubi a’zosiga aylangan Yo‘ldoshev ham termamiz ixtiyoriga kelib qo‘shildi va xatto Malayziyaga qarshi uchrashuvda maydonga ham tushdi.
O‘FA 16 mart kuni Xojimat Erkinovning Osiyo kubogida ishtirok etishi borasida kelishuvga erishgani va futbolchimiz yaqin vaqt ichida terma jamoa ixtiyoriga etib kelishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi.
"Lans" himoyachisi Abduqodir Husanov ham ertaga bo‘lib o‘tadigan "Klermon"ga qarshi bellashuv qaydnomasiga kiritildi. Husanov ham katta ehtimol bilan pley-off bosqichidan avval Qatarga boradi.
Bundan tashqari, o‘yinlari bilan TsSKAni "yondirayotgan" Fayzullaevni muxlislar va albatta murabbiylar kutmoqda. Vanihoyat uning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi.
25 aprel kuni "VEB Arena"da TsSKA va "Spartak" o‘rtasidagi poytaxt derbisi bo‘lib o‘tadi.
TsSKAning bilan aloqalar bo‘yicha direktori Kirill Breydoning ma’lum qilishicha, RPLning 21-turidan o‘rin olgan "Spartak"ga qarshi qoldirilgan o‘yindan so‘ng klub yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaev O‘zbekiston U23 terma jamoasiga qo‘yib yuboradi.
Shu tariqa, Fayzullaev "Baltika" bilan RPLning 26-tur uchrashuvini (28 aprel) va “Zenit” bilan Rossiya kubogi finalining birinchi o‘yinini (30 aprel) o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar