Abdumalik Halakov: Ushbu musobaqada qatnashishim kerakmasdi

  • 7 noyabr, 2020, 18:40
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Abdumalik Halakov -60 kg vazn toifasidagi hal qiluvchi jangda Shunqor Abdurasulovni mag‘lub etdi. Finaldan keyin iste’dodli bokschimiz o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Taassurotlarim juda ham a’lo. Birinchi navbatda ota-onamga, keyin murabbiylarimga rahmat aytmoqchiman. Aslida, ushbu musobaqada qatnashishim kerakmasdi. Andijondagi turnirning ilk bahsida raqibim bilan to‘qnashib ketgan edim. Biroq ota-onam meni hammasi yaxshi bo‘lishiga ishontirdi.

Allohga behisob shukrlar bo‘lsinki, ancha tajribali raqibimni mag‘lub etishga erishdim. To‘g‘risini aytsam, ularga qarab, men ham darajamni oshirishga harakat qilaman. Shunqorga hurmatim cheksiz!"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!