Abdumalik Xalakov ishtirokidagi jang 2-raundda yakunlandi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Angliyaning Liverpul shahri boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qilyapti.
-60 kg da hamyurtimiz Abdumalik Xalokov va yaponiyalik Shunsuke Kitamoto to‘qnashuvi to‘liq davom etmadi. Aniqrog‘i, bahs 2-raundda Xalokovning qoshidagi jarohat sababli to‘xtatildi. Bunday vaziyatda jang to‘xtatilgunga qadar olingan ochkolar hisoblandi va Abdumalikka g‘alaba taqdim etildi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda Fazliddin Erkinboev (O‘zbekiston) va Saidjamshid Jafarov (Ozarbayjon) jangi kutmoqda.



Fikrlar