Abramovich Arrisabalagani "Chelsi"dan haydamoqchi

  • 5 mart, 2019, 22:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi darvozaboni Kepa Arrisabalaga “Chelsi”ni tark etishi mumkin.

Tecno

El Confidencial nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” xo‘jayini Roman Abramovichning shaxsan o‘zi ispaniyalik darvozabonni sotib yuborilishini talab qilmoqda. Gap shundaki, Kepaning Angliya liga kubogi finalida “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda ko‘rsatgan “tomoshasi” rossiyalik biznesmenga yoqmagan.

Ma’lumotlarga qaraganda Abramovich “Chelsi” rahbariyatiga Arrisabalaga o‘rniga nomzod qidirishlarini buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, Kepa Arrisabalaga “Chelsi” safiga 2018 yil “Atletik” Bilbaodan 80 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U futbol tarixidagi eng qimmat darvozabon hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!