
Abraxamdan buni hech kim kutmagandi
“Roma” hujumchisi Temmi Abraxam Konferentsiyalar ligasi chorak final javob uchrashuvida “Budyo-Glimt” darvozasini ishg‘ol qilish orqali tarixiy natija qayd etdi.
Statistika bilan shug‘ullanadigan Opta Paolo tashkilotining o‘z ijtimoiy tarmoqlarida tarqatgan xabariga ko‘ra, angliyalik futbolchi Rimga kelganidan beri barcha turnirlardagi 24-golini kiritdi.
XXI asrda bunday samaradorlikni “Roma”da faqat ikki hujumchi – Franchesko Totti va Edin Jeko qayd etgan. Ular bu natijani ikki martadan qayd etgani ham ahamiyatlidir.
Fikrlar