Adesanya:"Xammasini tez orada  ko‘rasiz"  

  • 24 dekabr, 2023, 15:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘rta vazn toifasida amerikalik UFC promoushinining sobiq chempioni Israel Adesanya qisqa dam olishdan so‘ng tez orada oktagonga qaytish niyatida ekanini aytdi.

Tecno

Men UFC chempioni sifatida 14 oy ichida to‘rtta jang o‘tkazdim. Bu oson ish emas. Men eng faol jangchi va UFC chempioni edim. Hayot meni dam olishga majbur qildi, lekin ko‘rasiz: men tez orada qaytaman", – dedi Adesanya IFL TV You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida "UFC 293" doirasida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Adesanya(24-3) amerikalik Shon Striklend(28-5)ga hakamlarning yakdil qaror bilan mag‘lub bo‘lib, chempionlik unvonidan mahrum bo‘lgandi. Bu mag‘lubiyat 34 yoshli nigeriyalik uchun UFC dagi uchinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay esa Adesanya o‘zining professional faoliyatida bir muddat tanaffus qilishini e’lon qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!